IIV Malaka oshirish institutida ekologik huquqlar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
2025-07-01 12:25:00 / Yangiliklar

Konferensiyaning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston fuqarolarini ekologik huquqlarini taʼminlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va nodavlat idoralari bilan hamkorligi nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berish, mavjud muammolar boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, eng asosiysi fuqarolarimizni ekologik huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida bilimlar berishdan iborat.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent Davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tinglovchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjuman avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi v.v.b, polkovnik Rasulev Ulugʻbek Erkinovich kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Konferensiyada soʻz olganlar konstitutsiyada fuqarolarning ekologik huquqlari, ularni ichki ishlar organlari tomonidan taʼminlanishi, shuningdek ekologik huquqlarini taʼminlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
IIV Malaka oshirish instituti






