Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga zamonaviy xizmat avtomashinalari topshirildi
2025-06-30 14:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-iyun kuni Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, metropoliten hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash, videokuzatuv, metall detektorlar va boshqa xavfsizlik vositalarini toʻgʻri hamda unumli foydalanish, yoʻlovchilar ishonchini oshirish, Favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Xodimlar malakasini oshirish boʻyicha doimiy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish borasida masʼul xodimlariga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosidagi binoga kirish postlari va xodimlarga yaratilgan sharoitlar, qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, Metropoliten Davlat unitar korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek IIV tomonidan Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash ishlarida tezkorlikni taʼminlash maqsadida “Isuzu” rusumli avtobus va “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalar ajratildi.
Bunday ragʻbatlantirishlar ichki ishlar organlari xodimlarning Vatanga va xalqqa, Prezidentga sadoqat bilan xizmat qilishiga zamin hozirlaydi, albatta.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi






