Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-06-30 09:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torabekov shaxsiy qabul oʻtkazdi.
Qabulda aholi murojaatlarini oʻrganish, ularni samarali hal etish, aholi bilan ochiq muloqot oʻrnatish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir doirasida fuqarolardan ichki ishlar organlariga bogʻliq va turli masalalardagi jami 28 ta murojaat qabul qilinib, har tomonlama oʻrganildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida ijobiy yechim topgan boʻlsa, ayrimlariga huquqiy tavsiyalar berildi. Koʻrib chiqilishi uchun vaqt talab etganligi murojaatlarni oʻrganish masalasi qatʼiy nazoratga olindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati





