Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-06-30 09:00:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, mavjud muammolarga joyida yechim topish hamda ichki ishlar organlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ish bilan taʼminlash, oilaviy nizolar, aliment undirish va firibgarlikka doir bir qator masalalar koʻtarildi.
Har bir murojaat tinglanib, tegishli boʻlinma vakillari bilan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Boshqarma boshligʻi qabul davomida qator muammolar yuzasidan aniq topshiriqlar berib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olinishini maʼlum qildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









