Andijon viloyati IIB boshligʻining xodimlar uchun sayyor qabuli oʻtkazildi
2025-06-29 12:25:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB boshligʻining ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning mavjud muammolarini tinglash va hal etish maqsadidagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov rahbarligida ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning mavjud muammo va takliflarini oʻrganish, shuningdek, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri rahbariyatga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Har bir murojaat boshqarma boshligʻi tomonidan tinglanib, ularni hal etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar kelgusida ham tizimli ravishda oʻtkazilishi belgilangan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati




