Buxoro viloyati IIBda kadrlar bilan ishlash va intizom masalalari koʻrib chiqildi
2025-06-28 11:10:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi boshchiligida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan viloyat ichki ishlar organlarining boʻsh safdorlik, serjant hamda ofitserlar tarkibidagi lavozimlariga tavsiya etilgan nomzod xodimlar ishtirokida boʻsh lavozimlarni munosib kadrlar bilan jamlash maqsadida tayyorlangan shaxsiy tarkib boʻyicha buyruq loyihasi muhokama qilindi.
Boshqarma boshligʻi yangi lavozimlarga tayinlanishi nazarda tutilgan xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, har bir xodimning galdagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini toʻgʻri va adolatli olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy tarkib oʻrtasida korrupsiogen holatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, sohalar kesimida bunga qarshi keskin va ayovsiz kurash olib borish lozimligini qayd etib, masʼullarga bir qator topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, xizmat intizomi va qonunchilik talablarini buzgan har qanday toifadagi masʼul rahbar va xodimlarga nisbatan keskin intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilishi qatʼiy belgilanib, har bir salbiy holatga favqulodda holat sifatida baho berilishi taʼkidlandi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






