Namangan viloyati IIBda “Yoshlar oyligi” doirasida yosh xodimlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
2025-06-28 10:40:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, ichki ishlar organlari tizimida iyun oyi “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilinib, unda yosh xodimlarni professional kadrlar sifatida shakllantirish, xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari asosida bilim va malakasini oshirish, ona Vatanga va xizmat qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Bugun shu munosabat bilan Namangan viloyati IIB rahbariyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, ularga ish faoliyatlari davomida xizmat intizomi hamda qonunchilikka qatʼiy rioya etish, fuqarolar bilan muomala madaniyati hamda kasbiy mahoratni doimiy ravishda oshirish yuzasidan tushunchalar berildi.
“Yoshlar oyligi” doirasida munosib mehnat qilgan bir guruh yosh xodimlar va ularning ota onalariga Vazirlik hamda viloyat IIBning esdalik sovgʻalari, minnatdorchilik xatlari, pul mukofotlari va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



