Xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
2025-06-27 11:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligida BAA “Hedaya” ekstremizm va zoʻravon ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajribalar xalqaro markazi ijrochi direktori Ahmad Al-Qosimiy va Oʻzbekiston vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, profilaktik chora-tadbirlar va aholi orasida olib borilayotgan targʻibot ishlari haqida maʼlumot berib oʻtildi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida mazkur markaz bilan hamkorlikda reabilitatsiya va reintegratsiya dasturlarini amalga oshirish borasida istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.


