Samarqand viloyati IIBning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari bilan Prezident farmonini oʻrganishga bagʻishlangan mashgʻulotlar tashkil etildi
2025-06-26 22:35:00 / Yangiliklar

Viloyat IIBning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonini oʻrganishga bagʻishlangan mashgʻulotlari tashkil etildi.
Mashgʻulotlar davomida Mudofaa vazirligi mutaxassis xodimlari va viloyat IIBning sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan Prezident Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtash masalalarini yanada takomillashtirish, xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtidagi huquq va majburiyatlarini, Qurolli kuchlar tizimida xizmat oʻtash, ichki xizmat, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil etish, yangidan qoʻshma qaror asosida qabul qilingan saf nizomi boʻyicha kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar harbiy yigʻinlarni oʻtash, harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash, harbiy lavozimlardan ozod etish, harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga (zaxirasiga) boʻshatish hamda isteʼfoga chiqarish borasida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining talablariga toʻliq amal qilish borasida ham yoʻriqnomaviy tavsiyalar aytib oʻtildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati





