Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2025-06-26 11:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Unda huquq-tartibot organlari, vazirlik va idoralarning mutaxassislari, ilmiy va taʼlim tashkilotlarining olim va ekspertlari oʻzlarining tahlil, tadqiqot natijalari va amaliy takliflari bilan ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti






