Andijon viloyati IIB boshligʻining Xonobod shahrida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etishga qaratilgan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2025-06-26 11:05:00 / Yangiliklar

Joylarda aholining muammolarini oʻrganish, ijtimoiy va huquqiy masalalar boʻyicha murojaatlarini hal etish maqsadida joriy yilning 24-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Xonobod shahrida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoya, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish hamda boshqa turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar oʻrganilib, har biri boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolar IIB rahbariyatiga muammolariga befarq boʻlmagani va amaliy yordam koʻrsatgani uchun minnatdorlik izhor etishdi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan davlat organlari oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash, mavjud muammolarni tezkor hal etish va jamiyatda huquqiy ongni oshirishga xizmat qilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









