Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn toʻrtinchi sessiyasida Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi hisobot berdi
2025-06-25 18:40:00 / Yangiliklar

Videokonferensaloqa tizimi asosida oʻtkazilgan mazkur sessiya ishida viloyatdan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, hududiy studiyalardan-shahar va tuman rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari va tegishli idoralar masʼullari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan “Buxoro viloyatida joriy yilning 3 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar“ yuzasidan, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining hisoboti tinglandi.
Hisobot yuzasidan deputatlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga boshqarma boshligʻi tomonidan batafsil javoblar berilib, koʻtarilgan masalalarning har biri yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






