Belgiyaning Bryussel shahrida Oʻzbekiston-Yevropa ittifoqining 21-inson huquqlari boʻyicha kichik qoʻmitasining yigʻilishida boʻlib oʻtmoqda
2025-06-25 15:10:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda Adliya, Ichki ishlar, Tashki ishlar vazirliklari, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz hamda Bosh prokuratura vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi terrorizm, zoʻravon ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, qonuniy va noqonuniy migratsiyani nazorat qilish, chegaralarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq islohotlarini amalga oshirish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar tinglandi.


