Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-06-23 11:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadri uchun tamoyili asosida tashkil etilgan. Shu maqsadda, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, shuningdek fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekovning navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.
Unda fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy mazmundagi murojaatlari tinglandi. Shaxsiy qabul davomida koʻpchilik fuqarolarning muammolari joyida hal etilib, vaqt talab etiladigan murojaatlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati



