IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti terma jamoasi “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasida yuqori natijalar qayd etdi
2025-06-22 13:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 11-maydagi 181-son farmoyishi asosida, joriy yilning 16–19-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida yunon-rum hamda erkin kurash turlari boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti terma jamoasi yuqori natijalar bilan ishtirok etdi: Erkin kurash yoʻnalishida: 2 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.
Yunon-rum kurashi yoʻnalishida esa: 3 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medal bilan umumjamoa boʻyicha mutlaq gʻolib deb topildi.
Bu yutuqlar sportchilarning fidoyiligi, yuqori mahorati va ichki ishlar tizimida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish yoʻlida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol samarasidir.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati





