IIV rahbariyati Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalla yettiligi va yoshlar ishtirokida xavfsiz muhit yaratish masalalarini muhokama qildi
2025-06-22 13:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari Boʻzatov tumani “Qusxanatov” QFY mahalla yettiligi hamda tuman yoshlari bilan uchrashib bugungi kunda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi faoliyatini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarorida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Qusxanatov” QFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.
Oʻtkazilgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV JHX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik X.Reymkulova, Boʻzatov tumani IIB boshligʻi polkovnik U.Kurbanbayeva, Boʻzatov tumani hokimining oʻrinbosari A.Xojageldiyeva hamda mahalla yettiligi, shuningdek, tuman IIB xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va tuman IIB xodimlariga qarorning mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirilib, kelgusida qilinadigan ishlar belgilab berildi.
Shundan soʻng, mahalla yettiligi bilan yoʻl xaritasiga kiritilgan masalalar boʻyicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman yoshlari bilan yaqindan tanishib, bugungi kunda oʻtkazilayotgan muhim 90 kunlik tadbir boʻyicha yigʻilgan yoshlarga maʼlumotlar berib oʻtildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









