Toshkent shahar IIBB rahbariyatining poytaxtimiz aholisi uchun tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2025-06-22 13:20:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan sayyor qabullar tizimi aholining talab va ehtiyojlarini qondirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Poytaxtimiz aholisi uchun tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabul Sergeli tumanida joylashgan “Bolalar kutubxonasi” binosida boʻlib oʻtdi.
Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda poytaxt IIBB boshligʻi polkovnik Ravshan Sultanxodjayev hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida jami 38 nafar fuqarolarning muammolari oʻrganildi.
Ulardan 12 tasi surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan, 4 tasi mol-mulk masalasida, 5 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, xizmatni oʻtash va qayta tiklash yuzasidan, 3 tasi oila turmush doirasida kelishmovchilik, 8 tasi probatsiya hisobida turgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida hamda 6 tasi ijtimoiy masalada moddiy yordam boʻyicha murojaat qildilar.
Murojaatlarning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi boʻyicha tushuntirish berilib, koʻrib chiqish qoʻshimcha muddat talab etadigan 26 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida fuqaro Z.Saydaliyeva yashash xonadonida yongʻin boʻlganligi sababli, uyini taʼmirlab berishda amaliy yordam soʻradi. Ushbu murojaat yuzasidan, Sergeli tumani IIO FMB masʼullari tomonidan fuqaroning uyini taʼmirlab berishda amaliy yordam koʻrsatilishi belgilandi.
Shuningdek, poytaxtimizning Sergeli va Yangihayot tumanlari IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 8 nafar fuqarolar Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi va davlat organlari oʻrtasida ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni kechiktirmasdan hal etishda muhim qadam hisoblanadi.
Ushbu tadbirlar fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyatda samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati








