Ichki ishlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyati hududlarida tekshiruvlar oʻtkazilmoqda
2025-06-20 02:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida oʻrganishlarni boshladi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash borasida sohaviy xizmat rahbarlariga yoʻriqnoma berildi
Soʻng IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati koʻzdan kechirilib, turistik obyektlarida jamoat tartibini saqlash, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida tezkor va sifatli amaliy yordam koʻrsatilishi borasida koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va sohaviy xizmat xodimlari, hamda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentining masʼul xodimlari tomonidan Samarqand viloyatining transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida bir qator tekshiruvlar olib borilmoqda.
Mazkur boshqarmaning xizmat hududlariga qarashli barcha obyektlar koʻzdan kechirilib, unda masʼul rahbarlarga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi hisobotlari tinglanib, mazkur tizim samaradorligini yanada oshirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi





