Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi
2025-06-19 17:55:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab ichki ishlar organlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni zamon talablariga mos professional kadrlar sifatida shakllantirish hamda ularni xizmat qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-iyun kuni Bogʻot tumani Ichki ishlar boʻlimida yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuvda ichki ishlar tizimida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularni ijtimoiy-huquqiy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida suhbatlashildi.
Shuningdek, uchrashuvda viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi ishtirok qilib, yosh xodimlarga huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda bor kuch va gʻayratlarini ayamasdan xizmat qilishlari hamda ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishlarini, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yondashishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻzaro ishonch va samimiylik ruhida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar eshitilib, atroflicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida xizmatda yuqori koʻrsatkichlarga erishib kelayotgan fidoyi yosh xodimlar va ularning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Yoshlar oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati





