Qashqadaryo viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlariga tavsiyanomalar topshirildi
2025-06-18 09:00:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida namunali xizmat xizmat qilayotgan 144 nafar xodimlarning farzandlariga tavsiyanomalar berildi.
Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, davlatimiz rahbarining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida berilgan tavsiyanomalar ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan birga farzandlarini davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlarida imkoniyat va imtiyoz ekanligini taʼkidladi.
Bu ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning yana bir koʻrinishi desak mubolagʻa emas.
Tavsiyanomalarni qabul qilib olgan xodimlar va farzandlari kelgusida zamonaviy bilim va tajribalarni egallab, ona Vatani uchun sarflashga, farzandlik burchlarini sadoqat ila bajarishda barchaga oʻrnak boʻlishga vaʼda berdilar.
Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, 142 ta tavsiyanoma Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining, 2 tasi esa xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning oliy taʼlim bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirish istagidagi farzandlariga umumiy qabul sonidan ajratilgan besh foizli kvota doirasida imtiyozli tanlovda ishtirok etib imkoniyatini beradi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








