Surxondaryo viloyatida “Yagona migratsiya idoralararo maʼlumotlar bazasi” joriy etilishi munosabati bilan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazilishi davom etmoqda
2025-06-18 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi tomonidan inson qadri ulugʻlash, ularning haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 4-aprel kuni “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qabul qilingan farmoni ijrosi taʼminlash maqsadida mehnat migranti sifatida xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini oʻrganish, ularni har tomonlama qoʻllab quvvatlash maqsadida “Yagona migratsiya idoralararo maʼlumotlar bazasi” yaratildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikami Ichki ishlar vazirining “Yagona migratsiya idoralararo maʼlumotlar bazasi“ axborot tizimini amaliyotga joriy etish va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini oʻqitish toʻgʻrisida“gi 2025-yil 11-iyun kunidagi 226-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlarining 180 nafar Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlari bilan oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
Tashkil etilgan oʻquv seminarda, mazkur elektron dastur quyidagi qulayliklarga egaligi haqida maʼlumotlar keltirildi. Jumladan:
- xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan migrantlar haqida toʻliq maʼlumotlar bazasi yaratish;
- migrantlarning ijtimoiy, iqtisodiy holati, oilaviy ahvoli, muammolari, daromad miqdori va ish sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olish va tahlil qilish;
- olingan maʼlumotlar asosida migrantlar va ularning oila aʼzolari bilan ijtimoiy va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va bu jarayonlarni monitoring qilish;
- xorijdagi fuqarolarning ish sharoitlarini oʻrganish, kam miqdorda daromad topuvchi fuqarolarni aniqlash va zaruriy yordamlar koʻrsatish;
- qaytib kelgan fuqarolari ijtimoiy moslashtirish, mutasaddi korxona tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalliy ish oʻrinlariga joylashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu elektron dastur profilaktika inspektorlarining xizmat planshetlariga oʻrnatilib mahalla yettiligi bilan hamkorlikda foydalanib kelinmoqda.
Ish jarayonlarida xorijiy davlatlarda ogʻir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolar aniqlanib, ularni vatanga qaytarish va munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Elektron dastur ishlab chiqilishi migrantlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ilk qadamlari hisoblanib, kelgusida bu kabi amaliy ishlar davom ettiriladi.
Oʻquv seminar davomida profilaktika inspektorlariga axborot tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv uslubiy qoʻllanmalar tarqatildi.
Oʻquv seminar yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati







