Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari faoliyatida izchil islohotlar olib borilmoqda
2025-06-16 19:00:00 / Yangiliklar

Joriy yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida Surxondaryo viloyatida oʻtkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakunlariga bagʻishlangan tahliliy yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida, Termiz shahar, Termiz va Angor tumanlaridagi ichki ishlar boʻlimlari hamda Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boʻlinmalarida keng qamrovli targʻibot va oʻquv yigʻinlari oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlarda xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va tegishli qoʻshma qaror asosida tasdiqlangan Saf nizomining mazmun-mohiyati, zamonaviy davlat qurilishidagi oʻrni hamda huquq-tartibot organlari zimmasiga yuklangan vazifalar batafsil tushuntirildi.
Surxondaryo viloyatida bu kabi targʻibot, oʻquv va jangovar tayyorgarlik tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.





