IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi Buxoro shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi yoʻriqnoma oʻtkazdi
2024-02-21 09:00:00 / Yangiliklar

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligida Buxoro shahar hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi
Yo‘riqnomada xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yo‘riqnoma so‘ngida xizmat vazifalarini bajarishga vijdonan yondashib, o‘zlarining samarali xizmatlari bilan viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh qilish, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida jonbozlik ko‘rsatib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandilar.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati



