“Biz giyohvandlikka qarishimiz” shiori bilan targʻibot uchrashuvlari oʻtkazilmoqda
2024-02-21 08:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida taʼlim muassasalarida targʻibot va ochiq muloqot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Xabar berilganidek, “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida Toshkent viloyatida ham bir qator tezkor tadbirlar bilan birga, targʻibot va ochiq muloqot uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir Chirchiq shahrida joylashgan Chirchiq davlat pedagogika va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlarida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda IIV va viloyat IIBB masʼul xodimlari, hududiy imom xatiblar va tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etib, yoshlar orasida dolzarb boʻlib borayotgan psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning yoshlar va jamiyat kelajagiga taʼsiri, huquqiy oqibati toʻgʻrisida asoslantirilgan maʼlumotlar berilib, ogohlikka chaqirildi. Shuningdek yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Targʻibot, ochiq muloqot va tezkor tadbirlar davom etmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati







