Qashqadaryo viloyat IIB rahbariyati tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy va maishiy muammolari tinglanib, yechimi topilmoqda
2025-06-16 10:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Talʼat Mamatkulov ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar bilan qabul oʻtkazdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bogʻliq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda tizimning tergov, ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari koʻrildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Oʻrganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berildi.
Muloqot davomida oʻrganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha masʼullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





