Andijon viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-06-16 10:00:00 / Yangiliklar

Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqning ichiga kirib, uning dardu-tashvishlarini tinglash, ogʻirini yengil qilish, odamlarga munosib turmush sharoiti yaratib berish barcha boʻgʻindagi rahbar va mansabdor shaxslarning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Ayni shu maqsadda bugun 15-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









