Fargʻona viloyat IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-06-16 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar oʻtkazildi.
Qabul davomida ta 56 fuqarolardan turli masalalarda jami 60 ta murojaatlar kelib tushdi.
Ulardan 16 tasi joyida ijobiy hal etildi. 14 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi.
Koʻrib chiqish talab etilgan 30 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






