Fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari munosib taqdirlandi
2025-06-15 10:25:00 / Yangiliklar

Joriy yil 12-iyun kuni Koson tumanida yashovchi fuqaro kuchli hayajonda oʻz joniga qasd qilish maqsadida “Qarshi bosh kanali” ga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilgan vaqtida Qarshi tumani ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori, kapitan Sherbek Toʻraqulov tomonidan qutqarildi.
Fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan munosib taqdirlandi.
Koson tuman hokimligi ham kapitan Sherbek Toʻraqulovga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati




