Namangan viloyati Chortoq tumani aholisi uchun sayyor qabul boʻlib oʻtdi
2025-06-14 12:45:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB va viloyat Xalq qabulxonasi rahbariyatining Chortoq tumani aholisi uchun sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Chortoq tumani markazidagi “Madaniyat markazi” da boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB va Xalq qabulxonasi rahbariyati tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 12 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi va 7 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



