Andijon viloyatida “Yoshlar oyligi” doirasida yosh xodimlar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi
2025-06-14 11:40:00 / Yangiliklar

Kitob — inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish, izlanish bilan oʻz dunyoqarashini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi.
Zotan, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi jarayonlar yangi bosqichga koʻtarilib, barcha sohalarda kitobxonlikni targʻib qilish kabi turli tadbirlarning izchillik bilan oʻtkazilayotganiga guvoh boʻlish mumkin.
Bugungi kunda, ichki ishlar organlarida ham xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida, yosh xodimlar oʻrtasida bir qator kitobxonlik va intellektual tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Yuqoridagi fikrlar isboti sifatida joriy yilning 12-iyun kuni Andijon viloyatida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi.
Ushbu oʻtkazilgan kitobxonlik tanlovi qiziqarli va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Qiziqarli va murosasiz oʻtgan oʻyin natijasiga koʻra, Samarqand viloyati IIB jamoasi 3-oʻrinni, Buxoro viloyati IIB jamoasi 2-oʻrinni hamda Andijon viloyati IIB jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar vazirlik rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






