Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
2025-06-13 19:25:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan respublikamizning uzoq hududlariga odam tashish bilan shugʻullanuvchi yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi haydovchilarining ishtirokida yoʻl transport hodisalarining oldini olish va yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi majlislar zalida respublikamizning olis hududlariga odam tashish bilan shugʻullanuvchi yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi haydovchilari bilan yoʻl transport hodisalarining oldini olish yoʻnalishida hamda yoʻllarda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari, uzoq masofali yoʻllarga chiqqanda tezlikni oshirmaslik, quvib oʻtish qoidalariga amal qilish kerakligi boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, yigʻilganlarga respublikamiz hududida yuz bergan ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalari va odam oʻlimi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalar boʻyicha tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati



