Fargʻona viloyat IIB tomonidan probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazildi
2025-06-13 09:32:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi PQ-1-sonli «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida«gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona shahar IIB boshligʻi rahbarligida tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Fargʻona shahar IIB Probatsiya hisobida turgan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda ishtirokchilar kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida ishtirokchilarning murojaatlari eshitilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi va mavjud ijtimoiy muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati


