“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining namunali yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi
2025-06-11 10:40:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuv yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning xizmatga boʻlgan mehri va sadoqatini yanada mustahkamlash, shu bilan birga, yosh avlod uchun ibratli shaxslarni namoyon etish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbir davomida oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan ado etayotgan, tartib-intizomga rioya qiluvchi, jamoat tartibini taʼminlashda faol ishtirok etayotgan yigit-qizlar alohida eʼtirof etildi.
Ular bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, davlat va jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishning muqaddas burch ekanligi haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida xodimlarning psixologik holatini yaxshilash ish unumdorligini oshirishga qaratilgan psixologik trening ham tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarga ilhom va kuch bagʻishlab, ularni yanada faol, masʼuliyatli va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









