Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qoʻqon shahridagi 9-maktabda tashkil etilgan oromgoh faoliyati bilan tanishildi
2025-06-11 10:35:00 / Yangiliklar

Ayni paytda bolajonlar yozgi taʼtilni turli oromgohlar bagʻrida maroq bilan oʻtkazishmoqda.
Qoʻqon shahridagi 9-umumtaʼlim maktabida ham kunduzgi oromgoh tashkil qilingan boʻlib, bu oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishda muhim omil boʻlmoqda.
Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov ushbu dargohda boʻlib, pedagog-xodimlar va kichkintoylar bilan suhbatlashdi.
Yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirish jarayonida mavsumni tinch va xotirjam oʻtkazish, xavfsizlikni taʼminlash kabi masalalarda tavsiyalar berdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati


