“Yoshlar oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan festivalda Buxoro viloyatining faol yoshlari qatorida ichki ishlar organlari nazoratidagi yoshlarning ishtiroki ham taʼminlandi
2025-06-10 10:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” keng qamrovda oʻtkazilmoqda.
Buxoro viloyatida ham ushbu oylik doirasida turli yoʻnalishlarda madaniy-maʼrifiy, sport va maʼnaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ayni paytda, Buxoro shahrining tarixiy qismida tashkil etilgan festivalda faol yoshlar qatorida ichki ishlar organlarining profilaktik hamda Probatsiya nazoratida turgan, shuningdek, ogʻir toifadagi yoshlarning ham ishtirokiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Tadbir doirasida ushbu yoshlar bilan harbiy vatanparvarlik va motivatsion uchrashuvlar, intellektual “Zakovat” oʻyinlari, ichki ishlar organlarining qurol-yarogʻlari va maxsus texnika hamda vositalari koʻrgazmasi namoyish qilingan tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









