Ichki ishlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati hududlarida tekshiruvlar oʻtkazilmoqda
2025-06-10 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida oʻrganishlarni boshladi.
Ishchi guruh viloyat IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash borasida sohaviy xizmat rahbarlariga yoʻriqnoma berildi.
Xususan, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va sohaviy xizmat xodimlari, hamda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamentining masʼul xodimlari tomonidan Jizzax viloyatining transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida bir qator tekshiruvlar olib borilmoqda.
Mazkur boshqarmaning xizmat hududlariga qarashli barcha obyektlar koʻzdan kechirilib, unda masʼul rahbarlarga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi hisobotlari tinglanib, mazkur tizim samaradorligini yanada oshirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi






