IIV JXD YHXX rahbariyati Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻrganishlar olib bordi
2025-06-09 18:45:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida Yoʻl harakati xavfsizligi shaxsiy tarkibi bilan keng qamrovli yigʻilish tashkil etildi.
Yigʻilishda xizmat intizomi, kasbiy masʼuliyat, qonunchilikka rioya qilish va fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan barcha xodimlarga oʻz xizmat vazifalariga sidqidildan, masʼuliyat bilan yondashish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish, xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi. Yakunda xizmat davomida oʻzini namunali faoliyati, yuqori kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
IIV JXD YHXX Axborot xizmati





