Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-06-09 09:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼmuriy binosida Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi fuqarolar hamda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar uchun shaxsiy qabuli oʻtkazildi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar Ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan masalalar yuzasidan hamda ichki ishlar organlarida xizmat oʻtayotgan xodimlarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Koʻpchilik murojaatlar joyida hal qilinib, vaqt talab qilinadigan murojaatlarni qatʼiy nazoratga olindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati





