Samarqand viloyati IIBning bir guruh yosh xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi
2025-06-08 09:00:00 / Yangiliklar

Yosh xodimlarga kasb sirlarini oʻrgatish bilan bir qatorda, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish kelajakda shaxs sifatida shakllanishlari uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Yosh xodimlarimizni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning kasbiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Samarqand viloyati IIB Yoshlar bilan ishlash guruhi tashabbusi bilan, viloyat IIBning bir guruh iqtidorli, talabchan, va namunali yosh xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga tashrif tashkillashtirildi.
Tashrif davomida, yosh xodimlar Oliy Majlis Senatining tuzilmasi, funksiyalari va faoliyati toʻgʻrisida amaliy bilimlarga ega boʻlishdilar. Bunday tadbirlar kelgusida, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tizimga toʻlaqonli tatbiq etish orqali yosh xodimlarda Vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish, ularda kasbga fidoyilik va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada mustahkamlash, ularni lozim darajada huquqiy-siyosiy, maʼnaviy-psixologik bilim va koʻnikmalarini davr talabiga mos ravishda oʻzlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish hamda Ichki ishlar organlarini haqqoniy xalqchil tuzilmaga aylantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati






