Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Qoraoʻzak tumani hududida yuz bergan ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalari muhokama qilindi
2025-06-07 18:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5 iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati boshchiligida Qoraoʻzak tumani hududida yuz bergan ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalari muhokama qilindi.
Yigʻilishda Qoraoʻzak tumani hokimi, soha xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. Soʻnggi vaqtlarda Qoraoʻzak tumani hududida yoʻl transport hodisalarining koʻplab uchrayotganligi tanqid qilindi va mutasaddilarga bu borada olib borilishi lozim boʻlgan ishlar hamda mahalla yettiligi tomonidan targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati





