“Xalqaro Ipak va ziravorlar” festivali davrida xavfsizlikni taʼminlash eng ustuvor masala
2025-06-07 17:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Buxoro shahrida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Xalqaro Ipak va ziravorlar” festivali munosabati bilan festival tadbirlarini yuqori saviyada, xavfsiz va tartibli oʻtkazish maqsadida bugun erta tongdan viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida yoʻriqnoma tashkil etildi.
Unda fuqarolar va mehmonlar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, transport va odamlar harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalar muhokama qilinib, masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Festival davomida viloyat ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tunu-kun navbatchilik va patrul xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha barcha kuch va vositalar safarbar etilgan.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






