Sportni sev, sport bilan yasha! Otam, onam va men -sportchilar oilasi
2025-06-06 23:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Otam, onam va men -sportchilar oilasi” shiori ostida sportning estafeta, shaxmat, shashka va arqon tortish turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Unda sohaviy xizmatlardan 16 ta jamoa 52 nafar oila aʼzolari bilan ishtirok etdi.
Barcha shartlarni aʼlo darajada bajargan IIV Akademiyasi xodimi, kapitan Akmal Mirsharapov hamda Jazoni ijro etish departamenti xodimi, safdor Saken Ismailovlar oilasi uchinchi, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi, mayor Nuriddin Jumaboyev oilasi ikkinchi oʻrinni egalladi.
Faxrli birinchi oʻrin Qorovul qoʻshinlari qoʻmondon-ligi harbiy xizmatchisi, III darajali serjant Turgʻun Ostonov oilasiga nasib etdi.
Shuningdek, musobaqada “Faol ishtirok etgan oila” nominatsiyasiga IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati xodimi, katta serjant Zafar Tanirkulov va Tezkor qidiruv departamenti xodimi, safdor Shahlo Axmedjanova oilasi munosib deb topildi.
Gʻolib ishtirokchilar va ularning oila aʼzolari musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
©️ “Postda” gazetasi
