Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Yakkabogʻ tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2025-06-06 10:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Yakkabogʻ tumanining Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻinidagi Madaniyat markazida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bugun jamiyatimizda inson omili eng ustuvor vazifa sifatida qaralib, fuqarolarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan.
Shu bois joylarda viloyat rahbarlari tomonidan qator sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Talʼat Mamatkulov Yakkabogʻ tumanining Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻinidagi Madaniyat markazida istiqomat qilib kelayotgan aholining turmush tarzida uchrayotgan muammolarini oʻrganib hal etish, bandligini taʼminlash maqsadida yoshlar va fuqarolar bilan Sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning 16 murojaati tinglandi. Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berilib, mablagʻ va vaqt talab etadigan murojaatlar masʼullar zimmasiga yuklanib, ijrosi nazoratga olindi.
Jarayonda ikki nafar fuqaroga oʻzini oʻzi band qilishi uchun tikuv mashinkasi va mini kultivator berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati






