Qoraqalpogʻistonda Qurbon hayitiga tayyorgarlik: tinchlik va xavfsizlik ustuvor maqsad
2025-06-06 07:45:00 / Yangiliklar

Bu yilgi Qurbon hayitini tinch va osuda oʻtkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligi masʼullari Toʻrtkoʻl tumanidagi “Mulla Jumaboy“ masjidiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, bayram tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish, aholi tomonidan hayit namozini oʻqishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Masʼullar masjidlarda yaratilgan qulayliklar, jumladan, namoz oʻqish joylarining kengligi va tozaligi, hojatxonalarning holati, tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatlari va boshqa tashkiliy masalalar bilan atroflicha tanishdi. Shundan soʻng mutasaddilarga hayit namozini xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, yuqori saviyada ado etish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






