Ichki ishlar vazirligi rahbariyati IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli 7532-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi
2025-06-05 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov harbiy xizmatchilar bilan uchrashish va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Navoiy viloyatida joylashgan Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-sonli harbiy qismga tashrif buyurib harbiy qismlarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad —harbiy qism faoliyati, shaxsiy tarkibning xizmat sharoiti va jangovar tayyorgarligi, fikr-mulohazalari va muammolarini oʻrganish, shuningdek tizimdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida Vazir oʻrinbosari harbiy qismning kundalik faoliyati, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va moddiy-texnikaviy taʼminoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek tashrif chogʻida Harbiy intizomni yanada mustahkamlash harbiy tartibga rioya qilish masalasida qatʼiy nazoratni taʼminlash, Harbiy xizmatchilar uchun ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash — uy-joy, tibbiy xizmat va oilaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratish, Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini kengaytirish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish — harbiy tayyorgarlik jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, samarali mehnatlari, xizmatda bir qator yutuqlarga erishgan bir guruh xodimlarga harbiy unvon va esdalik sovgʻalar topshirdilar.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






