“Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” hamda “Yoshlar oyligi” doirasida Namangan davlat pedagogika institutida davra suhbati tashkil etildi
2025-06-05 09:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamda institutning masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida korrupsiyaning davlat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsiri, uning jamiyatda yuzaga keltiradigan oqibatlari tushuntirildi.
Talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtdi va yoshlar uchun muhim tushunchalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






