Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlari bilan onlayn mahorat darsi tashkil etildi
2024-02-14 12:10:00 / Yangiliklar

2024-yilning 13-fevral kuni IIV Akademiyasi 1 va 2-oʻquv kurslarida tahsil olayotgan kunduzgi taʼlim kursantlar bilan onlayn mahorat darsi oʻtkazildi.
Onlayn tarzida oʻtkazilgan mahorat darsida, Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sh. Shadiev, boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sh. Xudoyberiev, Boshqarma Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili mayor S. Joʻraev, boshqarma Tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik S. Rashidov, IIV Akademiyasi boshligʻining maslahatchisi polkovnik I. Ximmatov, IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari va kunduzgi taʼlim kursantlari ishtirok etishdi.
IIV Akademiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan taqsimot jadvaliga asosan Hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, magistratura tinglovchilari va kunduzgi taʼlim kursantlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunining 35-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni “Profilaktik hisob”ga olishda eng koʻp yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar. Tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ularni aniqlashda yuzaga kelayotgan toʻsiqlar. Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish tartibi, ularni ushlab turishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va natijada xodimlarga nisbatan qoʻllanilayotgan jazo choralari (misollar bilan) mavzularida master-klass mahorat darslarida oʻz aksini topgan.
Oʻtkazilgan master-klass mahorat darsida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan mavzuga oid maʼruzalar qilindi va amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan aniq misollar keltirildi.
Master-klass mahorat darsida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati



