Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-06-01 12:30:00 / Yangiliklar

Belgilangan jadvalga muvofiq, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Qabulda ichki ishlar organlari bilan bogʻliq bir qator muammo va masalalar tinglanib, belgilangan tartibda roʻyxatga olindi.
Yechimi muddat talab qiladigan masalalar Ichki ishlar boshqarmasining masʼul xodimlari ish yurituviga berilib, har bir murojaat oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar yechimini topishga koʻmaklashildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









