IIV Akademiyasida “Sunʼiy intellekt yordamida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
2025-05-31 09:00:00 / Yangiliklar

Soha mutaxassislari, ixtisoslik kafedralari professor-oʻqituvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.
Soʻzga chiqqanlar “Qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishda tanib oluvchi axborot tizimlarini ishlab chiqishning muammo va yechimlari”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarning oldini olish va ularni aniqlashda axborot almashinuvi mexanizmlarini takomillashtirish”, “Soʻzlovchilarni ajratish va identifikatsiya qilishning usul hamda algoritmlari”, “Axborot xavfsizligini raqamlashtirishda sunʼiy intellekt texnologiyalarining ahamiyati”, “Ichki ishlar organlarining sunʼiy intellekt yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.
Yigʻilganlar konferensiya yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga keng joriy qilish, ilmiy maqolalar toʻplamini tayyorlash, raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga kelishib oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati



