Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
2025-05-31 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, institut professor-oʻqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda tegishli soha ekspertlari ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlari xodimlarini zamon talablari asosida tayyorlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish hamda bu boradagi muammolarni aniqlab, ularni hal etish yoʻllarini muhokama qilishdan iborat.
Tadbir davomida Ichki ishlar tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlashning hozirgi holati va istiqbollari boʻyicha maʼruzalar tinglandi va tajriba almashildi.
Konferensiya yakunida ilgʻor tajribalarni umumlashtirish, taʼlim sifatini oshirish va institutsional rivojlanish yoʻnalishlarida aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya ichki ishlar tizimidagi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash va zamonaviy, professional xodimlar safini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.
IIV Malaka oshirish instituti









